"Napoli" futbolchisining agenti MYU bilan muzokaralar olib bormoqda

Mirjalol Normatov
25 mar 2018, 12:08
"Napoli" himoyachisi Favzi G'ulom faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

"France Football" nashri xabariga ko'ra, uning agenti "qizil iblislar" vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. 27 yoshli futbolchining tumanli albionga ko'chib o'tish ehtimoli juda katta.

Yozda G'ulom jamoasi bilan shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirgandi. Hozircha uning transfer narxi borasida ma'lumotlar yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football