Napoli Dragovich va Luis Adrianoga qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
6 mar 2014
Napoli Ukraina primier-ligasida ishtirok etuvchi ikkita o'yinchiga qiziqish bildirmoqda.

Gap Kievning Dinamosi ximoyachisi Aleksandar Dragovich va Shaxter xujumchisi Luis Adriano xaqida ketmoqda, deya xabar tarqatgan Goal.com. 

Kievliklar 22 yoshli avstriyalik futbolchni 7-8 million evro evaziga jamoadan qo'yib yuborishga qarshi emas.

26 yoshli braziliyalik xujumchi uchun esa Shaxter 12-13 million evro talab qilmoqda. Luis Adriano ushbu mavsumda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com