"Napoli" bosh murabbiyi ingliz klubini boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 sen 2017, 14:37
"Napoli" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Vest Xem"da Slaven Bilich o'rnini egallashi mumkin.

58 yoshli mutaxassis bu joy uchun asosiy da'vogarlardan biri sifatida hisoblanmoqda.

"Vest Xem" mavsumni omadsiz boshladi - ular 3ta turda 3ta mag'lubiyatga uchrashdi, "bolg'ali jangchilar" APLda so'nggi o'rinni egallab turishibdi.

Oldinroq OAVda, Bilich o'rniga "Zenit" ustozi Roberto Manchini kelishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

Dushanba kuni "Vest Xem" "Xaddersfild"ga qarshi bahs o'tkazadi va bu xorvatiyalik mutaxassis uchun ushbu klubdagi so'nggi uchrashuv bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express