

Marokash terma jamoasi tarkibida Qatardagi mundialda munosib o'yin ko'rsatgan futbolchiga Neapol klubi 19 mln evro to'lashga tayyorligini bildirdi. 22 yoshli yarim himoyachiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Ular orasida Angliya Premer-ligasi jamoalari ham mavjud. Futbolchining o'zi faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirish istagini bildirdi.
Maydon markazida to'p tepuvchi Unai joriy mavsumda Liga 1 klubi safida 14 ta o'yinda maydonga tushdi. Unga “Nyukasl” va “Lester” jamoasida joy topib bermoqchi.



