Nagelsmann: "Ikkinchi bo'limda 3ta avtogol urdik"

Mirjalol Normatov
1 avg 2021, 17:44
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Napoli"ga qarshi bahs haqida to'xtaldi.

"Albatta, o'zimni yaxshi his qilmayapman. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Biz yaxshi jamoa edik va a'lo darajada harakat qilayotgandik. Ikkinchi bo'limda esa golga tortadigan vaziyatlar yarata olmadik. 

Ikkinchi bo'limda uchta avtogol urgandekmiz. Terma futbolchilari ixtiyorimizga qaytib, maydonga tushayotganlari yaxshi holat, bu juda muhim. Endi yana uch nafar muhim futbolchimiz dushanba kuni tarkibga qaytsa, nihoyat, ilk marta birdam bo'lib o'yin o'tkazishimiz mumkin", - dedi Nagelsmann.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal