Nadal: "Messining faoliyatida pasayish bo'ldimi? U hali ham dunyoning eng zo'r o'yinchisi"

Alisher
23 okt 2020, 11:48
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida gapirdi.

"Messining faoliyatida pasayish bo'ldimi? Bu nimani anglatadi? Balki unda eng zo'r paytlar bo'lgandir, ammo u hali ham dunyoning eng kuchli futbolchisi. Futbol, barcha narsa kabi qiziqishni yo'qotdi. 

Barchamizning dahshatli raqibimiz bor - bu bizning hayotimizni, munosabatlarimizni va shuningdek iqtisodiyotimizni buzgan virusdir. Haqiqatdan ham yomon ahvolga kelib qolgan insonlar ko'p", - deydi Nadal. 

Eslatib o'tamiz, Messi joriy mavsum "Barselona" tarkibida 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: le10sport