MYUni boshqarishga yana bir nomzod topildi

13 yanv 2019, 11:30
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt mavsum yakunlanganidan so'ng "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Mankunianliklar "Tottenxem" ustozi  Pochettinoning transferi amalga oshmay qolsa, aynan 48 yoshli ingliz mutaxassisini jamoaga olib kelish variantini ko'rib chiqmoqda.

O'tgan yili oktyabr oyida Sautgeyt Angliya Futbol assotsiatsiyasi bilan 2022 yilgacha shartnoma imzolagandi.

MYUning hozirgi murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq, Zinedin Zidan va Loran Blan nomzodlari ham ko'rib chiqilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph