Myuller: “Kutilganidek “Sevilya” qiyin raqib bo'lib chiqdi”

“Bavariya” yarim himoyachisi Tomas Myuller UEFA Superkubogidagi g'alaba haqida gapirdi.

“Kutilganidek “Sevilya” qiyin raqib bo'lib chiqdi. Ularda super vaziyatlar bo'lgani yo'q edi, ammo penalti evaziga hisobni ochdi. Shundan so'ng o'zimizga kelishga majbur bo'ldik. Optimal harakat qilmadik, ayniqsa o'yin avvalida. Bo'sh hududlarda foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinni o'z nazoratimizda olib bordik. Tort ustidagi olcha esa bizning Mister Superkubok - Xavi Martines goli bo'ldi”, - deydi Myuller.


Manba: “Бавария” расмий сайти