Ertaga Yevropa Chempionlar ligasi 3-tur bellashuvlariga start beriladi.
"H" guruhi doirasida "Manchester Yunayted" jamoasi "Yuventus"ni qabul qiladi.
Bugun tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, turinliklar hujumchisi Mario Manjukich jarohat bois ertangi bahsni o'tkazib yuboradi. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar berdi.