MYUda yangi shtat paydo bo'ladi. Chiptafurushlar ehtiyot bo'ling!

Aslanov Jasurbek
3 okt 2017, 13:53
"Manchester Yunayted" klubi yangi shtat yaratishga qaror qildi.

Klub tizimida yangi xodim paydo bo'ladi va u stadion oldida chipta sotuvchi olibsotarlar bilan kurashadi.

Mutahassis chiptalarning noqonuniy sotuvi va shunday ishlar amalga oshadigan joylarni aniqlash bilan shug'ullanadi.

"Manchester Yunayted" 1994 yilda chiptalarni qayta sotishni taqiqlagan edi. O'z chiptasini sotgan har qanday inson, 3 yil davomida ushbu klub o'yinlariga kira olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail