MYU va "Real" sotib olishni xohlagan futbolchi klubi bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
27 noya 2019, 12:57
"Sporting" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.

25 yoshli futbolchining "Sporting" bilan tuzgan yangi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolandi.

Shartnomada Brunu Fernandeshning tovon puli 100 million evro sifatida ko'rsatilgan.

Fernandesh joriy mavsum Portugaliya chempionatida 10ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assistga erishgan.

Oldinroq, futbolchiga "Real" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotganligi haqida xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sporting.pt