MYU va PSJga Lautaro kerak

Sherzod Nurmatov
15 okt 2022, 22:15
Hujumchining o'zi esa "Inter"ni tark etmoqchi emas.

Lautaro Martinesga PSJ va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Har ikki klub ham 25 yoshli argentinalik hujumchini sotib olishdan manfaatdor.

Uning xizmatiga ikki klub qiziqish bildirayotganiga qaramay, Lautaro "Inter"dan ketmoqchi emas, deb xabar beradi "La Gazzetta dello Sport".

Aytishlaricha, parijliklar Kilian Mbappening jamoani tark etishi mumkinligi munosabati bilan Martinesga qiziqish bildirishmoqda.

Lautaro joriy mavsum milanliklar safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport