MYU va “Liverpul” salkam 30 yillik natijani takrorlashdi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2017, 04:07
APLning 21-turida MYU o'z maydonida “Liverpul” bilan (1:1) durangga imzo chekdi.

Shu tariqa joriy mavsumda ushbu jamoalarning har ikkala davradagi bahsida ham g'olib nomiga oydinlik kiritilmadi. Birinchi davradagi bellashuvda 0:0 hisobi qayd etilgandi.

Bunday natija oxirgi marta bundan 29 yil avval 1987-88 yilgi  mavsumda kuzatilgandi (1:1, 3:3). O'sha yili “Liverpul” APL turnir jadvalida MYUni 9 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports