MYU va boshqalar Duglas Luis uchun kurashmoqda

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2025
Huquqlari Turinning "Yuventus" klubiga tegishli bo'lgan braziliyalik yarim himoyachi Duglas Luis Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Yarim himoyachi A Seriyaga o'tishdan oldin Birmingemning "Aston Villa" jamoasida o'ynagan.

Manbaga ko'ra, Duglasga Angliyaning 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda. Gap "Manchester Yunayted", "Everton" va "Fulxem" haqida ketmoqda.

Xavbekning transfer qiymati 30 million evroga baholanmoqda. 27 yoshli futbolchining "keksa sinora" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Braziliyalik futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsumida 19 o'yin o'tkazib, 2 marta sariq kartochka oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun