MYU Sanchoni qaytarish niyatida emas

Sherzod Nurmatov
2 may 2024
Mankunianlar futbolchi bilan hisoblashmayapti.

"Manchester Yunayted" kelasi mavsum vinger Jeydon Sancho jamoadan kyetishini kutmoqda. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar bermoqda.

Angliyalik futbolchi joriy mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'tkazmoqda. Futbolchining o'zi ham faoliyatini qayerda davom ettirishini hozircha bilmaydi. 

Mish-mishlarga ko'ra, u murabbiy o'zgargan taqdirdagina MYUga qaytish variantini ko'rib chiqadi, biroq so'nggi xabarlarga ko'ra, MYU hozirgi murabbiyi ten Hag bilan hamkorlikni davom ettiradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph