MYU qishda Eriksenni sotib olishga urinib ko'radi

27 sen 2019, 20:00
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa tarkibani "Totttenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen bilan kuchaytirmoqchi.

MYU qishda Eriksenni sotib olishga urinib ko'radi




"Qizil iblislar" kelayotgan qishda ushbu transfer bo'yicha taklif yuborishni rejalashtirishmoqda, deya xabar beradi Goal nashri.


Eriksenning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2020 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. "Shporlar" daniyalik futbolchini jamoada qolishga ko'ndirmoqchi, lekin u shartnomani uzaytrishni xohlamayapti.


Kristianning xizmatlariga shuningdek, Madridning "Real" va Turinning "Yuventus" jamoalari qiziqishmoqda. Yarim himoyachi o'zi "qaymoqranglilar" safiga ko'chib o'tishni maqul ko'rmoqda. Shu bilan bir vaqtda, u "Real"ga erkin agent sifatida qo'shilish maqsadida mavsum yakuniga yetishini kutishga tayyor. Bu holatda, 27 yoshli o'yinchining maoshi ko'tarilishi tabiiy.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com