MYU Neymar transferi ustida ishlamayapti

Sherzod Nurmatov
23 may 2023, 15:35
"Manchester Yunayted" Neymarni sotib olish borasida muzokaralar olib borgani yo'q.

Avvalroq Fransiyaning "L’Equipe" nashri ingliz klubining PSJ forvardi bilan muzokaralari yuqori bosqichda ekanligi haqida xabar bergandi.

"Manchester Yunayted" Neymar bilan shartnoma tuzmaydi. Aynan hozir bu bo'yicha ish ketmayapti, dedi ESPN jurnalisti Mark Ogden.

Neymar 2017 yildan beri PSJda o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/MarkOgden