"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa hujumchisi Aleksis Sanchesning jarohati haqida ma'lumot berdi.
"Sanches uzoq muddatga safdan chiqdi. Qanchaligini ayta olmayman. Ammo tajribamdan kelib chiqsak, u joriy yil boshqa maydonga tushmaydi" - deydi Mourinyu.
Chililik forvard kecha MYU mashg'ulotida jarohat olgan edi.