MYU futbolchisi "Yuventus"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
21 yanv 2019, 13:45
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian mavsumning ikkinchi yarmini "Yuventus"da o'tkazishga yaqin turibdi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "keksa sinora" 29 yoshli italiyalikni 15 million evroga sotib olish ehtimoli bilan mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi.

Darmian 2015 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 6 o'yinda qatnashdi.

Darmian bunga qadar "Milan", "Palermo" va "Torino" kabi jamoalarda harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport