MYU Fernandesh bilan shartnomani uzaytiradi

Mirjalol Normatov
13 sen 2021, 22:17
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Brunu Fernandesh bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tomonlarning muzokaralarni ijobiy ruxda kechmoqda. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Portugaliyalikning o'zi ham jamoada qolishni istamoqda. Shartnoma yil yakuniga qadar uzaytirilishi kutilmoqda.

Fernandeshning amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano