MYU Fergyuson davridan keyin ilk marta shunday natijani qayd etdi

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 11:37
"Manchester Yunayted" APLning 20-turi doirasida "Bornmut"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

Mankunianliklar APLning o'tgan ikki o'yinida "Kardiff Siti" (5:1) va "Xaddersfild Taun" (3:1) jamoalarini mag'lub etgandi. Shu orqali MYU so'nggi uch o'yinida 12 gol kiritdi. MYU bundan oldin bunday natijani 2011 yilning 21-31 dekabr kunlarida qayd etgandi.

Ayni damda "Yunayted" 35 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 6-pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports