"MYU" Eshli Yang va Chicharitoni ijaraga berishi mumkin
Narzulla Saydullayev
13 okt 2013, 21:36
Manchester Yunayted qishki transfer bozori vaqtida Eshli Yang va Xaver Ernandesni ijaraga berishi mumkin, deb xabar bermoqda The Mirror.
Bosh murabbiy Devid Moyes 28 yoshli Yangni ijaraga berishga rozi. Meksikalik futbolchi esa kam maydonga tushayotganidan norozi. Unga Tottenxem va Atletiko qiziqmoqda.