MYU Ekvador terma jamoasining 19 yoshli xavbekining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
23 dek 2020, 18:00
"Independente del Vale" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Manchester Yunayted" 19 yoshli o'yinchining agenti bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Tomonlar 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga yaqinlar. Bitim 5 million evroni tashkil etishi mumkin.

Kaysedo ushbu kuzda Ekvador terma jamoasida 4ta o'yin o'tkazdi va 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano