MYU bosh murabbiyi Martinesning jarohati jiddiy ekanini tasdiqladi

Administrator
2 fev 2025, 22:49
Futbolchi "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgandi.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Lisandro Martinesning jarohati haqida gapirdi.

"Menimcha, vaziyat jiddiy. U nafaqat buyuk o'yinchi, balki kiyinish xonasidagi kuchli personaj. Martines bu jarohat qanchalik jiddiy ekanini his qildi. Futbolchilar jiddiy nimadir yuz bersa, buni sezishadi. Biz unga yordam berish uchun shu yerdamiz", -deydi Amorim.

Ma'lumot uchun, Lisandro Martines "Kristad Pelas"ga qarshi o'yinning yakuniga yaqin tizzasidan jarohat oldi. Himoyachini maydonda zambilda olib chiqib ketishdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BBC