MYU "Aston Villa" yetakchisi uchun 70 million funt ajratadi

10 mar 2020, 22:20
"Daily Mirror" xabariga ko'ra, yozda "Manchester Yunayted" klubining hujum chizig'ini kuchaytirish yo'lida bir nechta qadam tashlanadi.

Jumladan, "qizil iblislar" rahbariyati "Aston Villa" sardori Jek Grilishni xarid qilmoqchi. MYU mutasaddilari angliyalik hujumkor yarim himoyachi uchun 70 million funt ajratishga tayyor.

24 yoshli Grilishning o'zi "Aston Villa" joriy mavsum yakunida APLni tark etsa, yuqori divizionning boshqa jamoalaridan tushadigan takliflarni ko'rib chiqishi mumkinligini bayon qilgandi.

Ma'lumot uchun, APLning davom etayotgan mavsumida 26 o'yinda maydonga tushgan angliyalik futbolchi o'z hisobiga 7 gol, 6ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mirror