MYU Arauxoga yiliga 10 million evro to'lashga tayyor. "Barselona" 4 mln kamroq taklif qilmoqda

Alisher
2 mar 2022, 18:24
"Manchester Yunayted" "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoni o'z safiga jalb qilmoqchi.

Kataloniya klubi hali 22 yoshli o'yinchi bilan yangi shartnoma shartlari borasida kelishuvga erisha olmayapti.

MYU urugvaylik futbolchi uchun yiliga 10 million evro to'lashga tayyor, "Barsa" esa to'rt million kamroq taklif qilmoqda.

Futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv