MYU 1972 yilgi natijani takrorladi

2 noya 2020, 01:07
"Manchester Yunayted" APL 7-turida "Arsenal"ga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Shu tariqa Ole-Gunnar Sulsher jamoasi turnir startidagi 4 ta uy uchrashuvida g'alaba qozonolmadi – 3 mag'lubiyat, 1 durang.

"Qizil iblislar" so'nggi bor bunday natijani 1972/73 yilgi mavsumda qayd etishgan. O'sha mavsum yakunida "Manchester Yunayted" 18-o'rinni egallagan edi.

Klub ayni paytda turnir jadvalining 15-pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar