Myone PSJ bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas

9 fev 2020, 03:15
PSJ klubi mas'ullari himoyachi Toma Myone bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

TMW xabariga ko'ra, talablari to'liq qondirilmagan belgiyalik himoyachi klub taklifini rad qilgan. Ma'lumot uchun, Myonening Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning iyunida yakunlanadi.

U Fransiya chempionatining joriy mavsumida 15 o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: TMW