

Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi. Armaniston terma jamoasi a'zosi "Roma" bilan joriy mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokara o'tkazyapti. Agar tomonlar bir to'xtamga kela olishmasa, 32 yoshli o'yinchi erkin agent sifatida "keksa sinora" tarkibiga borib qo'shiladi.



