Mxitaryan qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
14 mar 2021, 10:46
"Roma" xavbeki va Armaniston termasi sardori Genrix Mxitaryan uch haftani o'tkazib yuboradi.

Futbolchi oyog'ining tizzaosti sohasidan jiddiy jarohat olgan va shu boisdan termasining JCH-2022 saralashi doirasidagi navbatdagi o'yinlarida yordam bera olmaydi.

Armaniston 25, 28 va 31 mart kunlari Lixtenshteyn (safarda), Islandiya (uyda) va Ruminiya (uyda) termalariga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o'tamiz, Mxitaryan Yevropa ligasining 1/8 finali doirasida "Shaxtyor"ga qarshi o'yinda jarohatlangandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Vnews.am