Mxitaryan “Arsenal”ga qaytadimi? Futbolchining o'zi bunga javob berdi

7 sen 2019, 09:45
“Roma”ga ijara asosida yo'l olgan Genrix Mxitaryan London klubiga qaytishi haqida gapirdi.

“Kelajakda nima bo'ladi? Nimadir deyish murakkab. Men “Roma” asosiy tarkibiga kirishga urinib ko'raman. Mavsum so'ngida Rimda qolish yoki qolmaslik masalasini va imkoniyatini muhokama qilamiz. Agar iloji bo'lmasa, yangi klub topishimga to'g'ri keladi. Hozircha esa men eng yaqin o'yinlarga diqqat-e'tiborimni qaratganman”, - deydi Mxitaryan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com