Mxitaryan Arsenalda tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga bordi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2018
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Arsenalga o'tishga yaqin.

Tunda 29 yoshli armanistonlik futbolchi Londonga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun keldi.

Oldinroq Mxitaryan Arsenalga, Aleksis Sanches esa MYUga o'tishi haqida xabarlar chiqqandi. Chililik futbolchi MYUda tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com