Muxtor Qurbonov: "Paxtakor" bugungi o'yinda favorit"

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013, 10:50
Bugun oliy liganing 24-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Turning markaziy o'yini Farg'onada, "Neftchi" - "Paxtakor" o'rtasida kechadi.
Azaliy raqiblarning navbatdagi to'qnashuvi oldidan mutaxassislar fikrini bilishga qiziqdik. Bugungi kunda "NBU-Osiyo" jamoasini boshqarib kelayotgan Muxtor Qurbonov dastlabki suhbatdoshimiz bo'ldi. 

Farg'onada bo'ladigan o'yinni qiziqarli o'tishini tahmin qilish mumkin", - deya gap boshladi Muxtor Qurbonov. - "Paxtakor" garchi bugun safarda to'p suradigan bo'lsada, bu jamoani uchrashuv favoriti degan bo'lardim. To'g'ri, "Neftchi" ham ikkinchi davra rafasida tarkibda sezilarli o'zgarishlar qilib, jamoa o'yinida ijobiy tomonga siljish bo'ldi, lekin farg'onaliklarning oxirgi ikki turda, o'z maydonida "So'g'diyona"ga, safarda "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy bergani, hozircha jamoada hammasi iziga tushib ketmaganini ko'rsatmoqda. 

"Sherlar" esa o'tgan yili chempionlikni qo'lga kiritgan. Ularda g'oliblik ruhi baribir kuchli. Shu bois bo'lajak bahsda toshkentliklarning imkoniyati yuqori.  

Islombek Rustambekov yozib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia