Murod Otajonov: "Shunday o'yinlar ko'paysa yaxshi"

Narzulla Saydullayev
27 mar 2014, 19:28
"Bunyodkor" - "Olmaliq" uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida maydon egalari murabbiyi Murod Otajonov ishtirok etdi.

"O'yin teng bo'ldi. Biz tashkil etgan ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik, gol urgan vaziyatlarda o'yindan tashqari holat qayd etildi. Ikkinchi bo'limda jonli o'yin bo'ldi. Vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Mavsum boshida shunday kurashchan o'yin namoyish etaversak yaxshi bo'ladi. Boshqa o'yinlar ham bugungidek kurashlarga boy o'tsa chempionatimiz tomoshabop bo'ladi.

Muborakda "Mashal"ga qarshi uchrashuv kuchli yomg'ir ostida o'tdi, o'sha bahsdan so'ng Simonenko va Bugalo shamollab qolishgandi. "Fulad"ga qarshi o'yinga ularni asrashga qaror qildik. Bugun darvozamizni Akbar To'raev qo'riqladi. U bugun yaxshi o'ynadi va darvozabonlar borasida muammo yo'qligini ko'rsatdi", - deydi Murod Otajonov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia