Murod Otajonov 2 million so'm jarimaga tortildi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2013, 17:25
Toshkentning Bunyodkor PFK murabbiyi Murod Otajonov O'zPFL tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra jarimaga tortildi.
Oliy Liga 13-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Lokomotiv uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot-anjumanida qatnashgan Bunyodkor PFK murabbiyi Murod Otajonov O'zPFL reglamentining 4-bob, 2-bo'lim, 5.36 bandini buzganligi uchun O'zPFL tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra 2.000.000 (ikki million) so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz