Murod Ismoilov "Navbahor" - "Nasaf" o'yiniga tashrif buyurdi

Aziz Tukhtamuradov
10 may 2015, 20:10
Xabaringiz bor, O'zbekiston chempionati 8-turi doirasida "Navbahor" bugun o'z maydonida "Nasaf" (1:1)ni qabul qildi.

Ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun "Neftchi" bosh murabbiyi Murod Ismoilov ham Namanganga tashrif buyurdi. 

Ta'kidlab o'tish lozimki, "Nasaf"ning durangidan so'ng farg'onaliklar turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldilar.

Ma'lumot uchun, "Neftchi" keyingi turda Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'lsa, 23 may kuni o'z maydonida aynan "Nasaf"ni qabul qiladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia