Muhsin Muhammadiev: "Olti" ochkolik o'yinda g'alaba qozondik"

Xayrulla Xoliqov
30 iyun 2019, 16:08
Kecha bo'lib o'tgan Superliga 13-tur doirasidagi "Buxoro" - "Andijon" bahsida maydon egalari kichik hisobda g'alaba qozonishdi.

O'yindan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Muhsin Muhammadievning fikrlari quyidagicha bo'ldi: 

"Bugungi o'yinda g'alaba qozonganimizdan xursandman, bu oddiy o'yin emasdi, balki "olti" ochkolik bahs edi. Yana bir e'tiborli jihat, raqib turnir jadvalida biz bilan yonma-yon edi, bu esa har qanday jamoaga kuchli "motivaciya" beradi. Yigitlarimiz shijoat bilan o'ynab g'alabani naqd qilishgani yoqimli. Ushbu g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz". 

"Buxoro" PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif