Muhammad Saloh APL rekordini o'rnatdi

Khoja
14 dek 2025
Kecha Muhammad Saloh to'rt o'yinlik tanaffusdan so'ng "Brayton"ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi.

Saloh 2:0 bo'lgan bahsning bitta goliga assistlik qildi. Shu tariqa, misrlik futbolchi APLda bitta jamoa safida samarali harakatlari sonini amalga oshirish bo'yicha rekordni yangiladi. U "Liverpul" safida jami 277 ta gol+assist qayd etib, Ueyn Runiga tegishli bo'lgan rekordni yangiladi.

Ma'lumot uchun, Saloh "Liverpul" safiga 2017 yilning yozida kelib qo'shilgan. Uning hisobida "qizillar" safida APL bahslarida 188 ta gol va 89 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: skysport