Muhammad Safo Fozilov: "Ikkinchi bo'limga tablodagi hisobni unutgan holda chiqdik"

Omonjon To`xtamirzayev
31 iyul 2023, 18:31
"So'g'diyona" jamoasi Superliganing 14-turida Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi (2:0).

Mazkur uchrashuvdan so'ng jizzaxliklar safidagi sobiq "qaldirg'och" Muhammad Safo Fozilovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Bunyodkor" to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Uyda ham, mehmonda ham birinchi raqam ostida o'ynaydi. Mazkur faktorlarni hisobga olib taraddud ko'rgan edik. Qiynaldik, deya olaman. Bu uchrashuvda vaziyatlardan foydalangan jamoa g'alaba qozondi. G'alabadan xursandmiz. Bu yutuqni ota-onamga bag'ishlayman. 

Ikkinchi bo'limga tablodagi hisobni unutgan holda chiqdik va o'yinni 0:0 hisobi bilan boshladik. Xotirjamlikka berilishga haqqimiz yo'q edi", - deydi Muhammad Safo Fozilov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia