

Endi esa ukrainalik futbolchining "Chelsi" tarkibiga qaytishi haqidagi xabarlar tasdiqlanmoqda.
"Topskills Sports UK" ma'lumotlariga ko'ra, ukrainalik vinger antidoping qoidalarini buzgani (meldoniy) uchun berilgan diskvalifikaciyani to'liq o'tab bo'ldi va jamoaning qarorgohida "Chelsi" asosiy tarkibi bilan mashg'ulotlarga qaytishi kerak.
Xabar qilinishicha, London klubi Mudrikni o'yin amaliyotini tiklab olishi va to'liq ravishda "Chelsi" tarkibiga qaytishidan oldin formaga kirishi uchun uni "Strasburg"ga ijaraga yuborishni rejalashtirmoqda.
Qayd etish joizki, diskvalifikaciyaga qadar Mudrik "Chelsi" safida 73 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 11 ta golga assistentlik qilgan.



