Muborakda "voha derbi"si bo'ladi

Eldor Akmurzayev
22 fev 2020, 21:48
Qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan “Sho'rtan” jamoasi futbolchilari 23 fevral sanasida navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvida maydonga chiqishadi.

“Oq bo'rilar”ning bu safargi raqibi Superliga vakili “Mashal” jamoasi bo'ladi. 

Demak, muxlislar Muborak shahridagi “Bahrom Vafoev” nomli stadionda voha “derbi"siga guvoh bo'lishadi. 

Barchani ushbu qiziqarli uchrashuvga taklif etib qolamiz. O'yin soat 14:30da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: “Шўртан” ПФК матбуот хизмати бўлими