Mourinyu uchun "Real" noqulay raqibga aylanmoqda: "Special One"da 7 o'yinda 5 ta mag'lubiyat

Aslanov Jasurbek
18 fev 2026, 11:20
Lissabonning "Benfika" klubi Chempionlar Ligasining dastlabki o'tish o'yinida o'z maydonida Madridning "Real" jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Bu mag'lubiyat jamoa ustozi Joze Mourinyu uchun sobiq klubiga qarshi bahslardagi navbatdagi omadsizlik bo'ldi.

Raqamlar nima deydi?

Portugaliyalik mutaxassis o'z faoliyati davomida turli klublar ("Portu", "Manchester Yunayted" va "Benfika") rulida Madrid grandiga qarshi jami 7 bor maydonga tushgan. Natijalar esa Mourinyu muxlislarini quvontirmaydi:

5 ta mag'lubiyat

1 ta durang

1 ta g'alaba

Yagona zafar:

Jozening "qaymoqranglilar" ustidan qozongan yagona g'alabasi aynan joriy mavsumda qayd etilgan edi. YCHLning umumiy bosqichida "Benfika" Madrid klubini 4:2 hisobida mag'lub etib, shov-shuv ko'targandi. Biroq pley-offning muhim pallasida madridliklar yana ustunlikni o'z qo'llariga olishdi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu 2010 yildan 2013 yilgacha "Real" bosh murabbiyi sifatida ishlagan va 2011/12 yilgi mavsumda rekord natija bilan La Liga chempionligini qo'lga kiritgan edi. Endi unga sobiq jamoasini musobaqadan chiqarib yuborish uchun javob o'yinida chinakam jasorat kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Transfermarkt