Mourinyu: “U meni yutolmagan, shu sabab yozgan kitobiga ham meni kiritmay qo'yaqolgan”

Eldor Akmurzayev
16 okt 2020, 19:25
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu “Arsenal” sobiq murabbiyi Arsen Venger yozgan kitobda uning nomi keltirilmaganiga qanday munosabat bildirishi haqidagi savolga javob qaytardi.

“Nega u meni tilga olmagan? Chunki u meni hech qachon mag'lub etolmagan. Agar 12 yoki 14 o'yindan birortasida ham g'alaba qozona olmagan bo'lsangiz, bunga kitobdagi bir bobni bag'ishlagan bo'larmidingiz? Xo'sh, nega u buni qilishi kerak? Kitob – bu sizni xursand qiladigan, biron bir yutuq bilan faxrlantiradigan narsadir. Shu sabab bu holatni yaxshi tushunaman”, deydi portugaliyalik mutaxassis.

Ma'lumot uchun, ular o'zaro 18 marta to'qnash kelishgan. Shulardan 9 tasida Joze Mourinyu, 2 tasida Arsen Venger g'alabani tantana qilgan, 7 ta bahsda durang qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru