Mourinyu Gvardiola bilan batlga nuqta qo'ydimi?!

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024
Oxirgi kunlarda Xosep Gvardiola hamda Joze Mourinyular o'rtasida masofadan turib o'ziga xos batl ketayotganidan xabaringiz bo'lsa kerak.

Pep Mourinyuga javob berdi

Mourinyudan Gvardiolaga javob

Gvardiolaning so'nggi gaplaridan keyin Joze ushbu bahsga nuqta qo'yuvchi fikrlarni bildirib o'tdi.

"Biz Pep bilan birga ishlaganmiz, bir-birimizni yaxshi ko'ramiz. Men "Manchester Siti"ning quyi ligaga tushib kyetishini xohlayotganim to'g'ri emas. Men adolatni xohlayman.

Kichik jamoalar limitdan 5 yoki 10 evro ko'proq ishlatib yuborishsa ham moliyaviy feyr pley sabab jazolanishi mumkin.

"Roma"dagi cheklovlar tufayli men ham azob chekdim. Men buni adolatli deb o'ylamayman".

1996 yilgi "Barselona". Bobbi Robson boshqargan o'sha jamoada Gvardiola futbolchi, Mourinyu esa murabbiy edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano