Mourinyu "Chelsi" yulduzini "Fenerbaxche"da ko'rmoqchi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2024
Turkiyaning "Fenerbaxche"sini boshqarayotgan Joze Mourinyu jamoani kuchaytirishga intilmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis yulduzlar bilan shartnoma imzolashni davom ettirish niyatida. "Team Talk" xabariga ko'ra, "The Special One" "Chelsi"ning 27 yoshli futbolchisi Ben Chiluellni safiga qo'shib olmoqchi.



Ayni damda "Fenerbaxche" o'n ochko bilan Turkiya Superligasida peshqadamlik qilmoqda.

Evrokuboklarning yangi mavsumida Chempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kirita olmagan Istanbul jamoasi Yevropa Ligasida o'ynaydi.

"Kanareykalar" evroarenadagi ishtirokini 26 sentyabr kuni Belgiyaning "Yunion Sent-Jilluaz"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Team Talk