Mourinyu APLning 2017-2018 yilgi mavsumi haqida: "Bizda hali ham chempion bo'lish imkoniyati bor, agar..."

Administrator
23 okt 2024, 22:05
Murabbiy hali ham APL chempioni bo'lishdan umidvor.

"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu 2017-2018 yilgi mavsumni esladi. O'shanda MYU va murabbiy APLda ikkinchi o'rinni egallagandi. Agarda "Manchester Siti" 115 ta moliyaviy qoidabuzarlik uchun jazolansa, Mourinyu hali ham chempion bo'lishi mumkinligini aytdi.

"O'ylaymanki, bizda hali ham chempion bo'lish imkoniyati bor. Agar "Manchester Siti"ni jazolaydigan bo'lishsa, biz chempionga aylanamiz.

Bu amalga oshsa, klub menga bonus to'lashi va medal berishi kerak bo'ladi", -deydi Joze Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports