
Portugaliyalik mutaxassis 142 ta o'yindan 100 tasida g'alaba qozonib, Angliya chempionatida yangi rekord o'rnatdi.
Avvalgi rekord “Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga tegishli. Fergyuson ushbu natijaga 162 ta o'yinda erishgan.
Eslatib o'tamiz, Mourinyu “Chelsi” bilan 2004-2007 yillar davomida ishlagan va o'tgan yozda yana Londonga qaytib keldi.