Mourinyo: "Siti" futbolchilari shamol bo'lsa ham yiqilib tushishmoqda"

Aslanov Jasurbek
9 dek 2017, 10:37
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Manchester Siti"ga qarshi derbidan oldin raqiblarni simulyaciya ishlatishda aybladi.

"Manchester Siti" o'yinidan hayron qoldimmi? Jamoa yaxshi va raqibimizning o'yinidagi ko'p elementlar menga yoqmoqda. Ular yaxshi himoyalanishadi va to'p yo'qotishga bo'lgan reakciya yomon emas.

"Manchester Siti" futbolchilarining hujumdagi dinamikasi yaxshi, ular kreativ. Jamoada kuchli o'yinchilar yig'ilgan va murabbiy ham juda yaxshi mutaxassis. Ammo mendan "Manchester Siti"da nima yoqmasligi haqida so'rasangiz, ular biroz shamol bo'lsa ham yiqilib tushishini aytaman" - deydi Mourinyo.

Mankunian derbisi 10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph