Mourinyo: "Real" va "Barselona" Premer-ligada hukmronlik qila olmagan bo'lar edi"

Aslanov Jasurbek
19 may 2015, 14:47
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real"dagi ishlagan paytlari haqida so'zlab berdi.

"Men Ispaniyada ishlaganman, ammo bundan rohatlanganim yo'q, chunki 100 ochko va 121ta gol bilan Ispaniya chempionatida g'alaba qozongan edim. "Real" mavsumda 3 yoki 4 uchrashuvda rostakamiga futbol o'ynar edi. Men 92 ochko bilan mamlakat sovrinini qo'lga kiritdim, ammo yana 4 yoki 5 uchrashuvda futbol o'ynadik. U yerda chempionatda g'alaba qozonishga majbursan. "Real" yoki "Barselona" Premer-ligada g'alaba qozona olgan bo'larmidi? Balki ha, balki yo'q" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com