Mourinyo MYUdan ketgach, uchta taklifni rad etgan

20 yanv 2019, 08:49
“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo kelajagdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

“Men o'tgan uch haftamdan mamnunman. Hozir men ilgari qila olmaydigan yumushlarim bilan bandman. Ammo o'zimni juda yaxshi bilaman. Ishonaman, mart oyini oxiriga qadar bu taxlit “baxt” menga yoqmay qoladi.

Ayrim jihatlarni tahlil qilayapman. Men allaqachon uchta taklifni rad etdim. Xotirjamlikni saqlab qolmoqchiman. Qancha ko'p vaqtim bo'lsa, men shuncha yaxshiroq hozirlik ko'raman.

Men keyingi ish joyimdan bo'ladigan taklifdan qoniqish hosil qilishni istayman”, deya Mourinyoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph nashri.

Eslatib o'tamiz, Mourinyo 2018 yilning dekabrida MYU murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph